
Визуализация и полное описание ЖК – Turar-joy majmuamizning tashqi ko’rinishi va to’liq tavsifi, sizga manzur bo’lgan xonadon uchun kredit olish tartibi, batafsil hisob-kitob hamda dastlabki to’lov jadvali bilan tanishtiramiz.
Удобное и быстрое одобрение кредита – Sotuv bo’limimizga biriktirilgan maxsus bank xodimi yordamida siz kreditni qulay hamda tez tasdiqlatish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Bankdan kredit olishga tasdiq olganingizdan so’ng, biz sizning hujjatlaringizni kredit rasmiylashtirish uchun to’liq tayyorlaymiz, shundan so’ng siz uchun qulay vaqtda shartnoma imzolash uchun sizni ofisimizga taklif qilamiz.
Oiladagi baxt mayda narsalardan boshlanadi: bu yaqinlarning tabassumi, oilaviy bayramlar, farzandlarning dunyoga kelishi, farzandlaringizning do’stlari uyingizga mehmonga kelgandagi quvonchi, ularning xonadoningizdagi qulayliklardan zavq olishi hamda o’yin maydonchasida o’yin o’ynayotgandagi quvonchi kabi.
Biz sizni bolalar bog’chalari hamda maktablarga, oziq-ovqat uchun supermarketga yoki oilangiz uchun kechki ovqatga chiqishingizda har tomonlama yengillik yaratish maqsadida qulay joylashuvni tanladik.
Bir tasavvur qilib ko’ring, siz yaqinda yaxshi yangilik eshitish arafasida turibsiz. Masalan, uzoq kutilgan xonadoningizga ega bo’lasiz!
Lekin oldingizda ba’zi muammolar turibdi – poytaxtdan o’zingiz uchun shinam, xavfsiz hamda hamyonbop xonadon topish kerak:
China House zamon talabiga mos qurilish kompaniyasi. Sizning ehtiyojlaringizni tushungan holda, ularni qondirishga harakatq qilamiz va xonadon xarid qilganingizdan so’ng, unda xotirjam yashashingiz uchun shinam hamda xavfsiz muhit yaratamiz.
⠀Bizning maqsad: “Faqat malakali hamda mas’uliyatli xodimlar. Faqat sifatli va zamonaviy qurilish xomashyolari va texnologiyalari”. Har bir bino qurilish jarayoni malakali mutaxassislar nazorati ostida. Har bir oilada zamonaviy xonadonlardan birining egasi bo’lishi imkoniyati mavjud.
⠀Bizning Shoxsaroy Residence hamda Shanghai Residence turar-joy majmuamizdan xonadon egasi bo’lish endi oson hamda arzonroq bo’ldi. Xonadon xarid qilish istagida bo’lgan oilalar 18 oygacha muddatli to’lov hamda 20 yilgacha ipoteka krediti imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Turar-joy majmuamizdan xonadon xarid qilish imkoniyati chet el fuqarolari uchun ham mavjud.
Sizga qulaylik yaratish maqsadida ipoteka kreditini ro’yxatdan o’tkazishni savdo ofislarimizda amalga oshirishni yo’lga qo’ydik.
Shoxsaroy Residence Toshkent shahrining jadal rivojlanayotgan Sergeli tumanida joylashgan bo’lib, turar-joy majmuasi mukammal infratuzilmaga ega, jumladan, xavfsiz hamda shinam xonadonlar, dam olish maskani, betakror landshaft hamda bolalar uchun zamonaviy o’yin maydonchasi kabi qulayliklarga alohida e’tibor qaratilgan.
Shanghai Residence poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan turar-joy majmuasi hisoblanadi. Turar-joy majmuasi lohiyasi chuqur o’ylangan loyihalardan biri bo’lib, Shanghai uslubi turar-joy majmuasiga mos tarzda uyg’unlashtirilgan hamda sharqona dizayn durdonalari yaqqol ko’zga tashlanadi.
Maktab, bolalar bog’chasi, restoran va kafelarga nisbatan qulay joylashuvga ega.
– Xonadonlarni muddatli to’lovga hamda ipoteka krediti asosida xarid qilish hamda o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga savdo ofislarimiz orqali javob olishingiz mumkin.
“SHOXSAROY RESIDENCE”
turar-joy majmuasi
(Sergeli tumani)
”SHANGHAI RESIDENCE”
turar-joy majmuasi
(Yashnobod tumani)